Bizning kompaniyamiz mijozlarga huquqiy jihatdan professional yordam taklif qiladi. Mutaxassislar yordamida siz jamiyatning istalgan tarmog'iga doir yuridik xizmatdan foydalanishingiz mumkin. Eng asosiysi, kompaniyamiz xodimlari bir necha yillik tajribaga ega. Mijozning har qanday yuridik muammosiga yechim berishga tayyor.
Lumen tashkiloti yuridik masalalarda yordam berishga asoslangan. Xususan: — Tijorat va savdo; — Shartnoma; — Soliq qonunchiligi hamda — Korporativ huquq yo'nalishlari bo'yicha.
Huquqiy yordam berishda ushbu xizmat ko'rsatish sohalari inobatga olinadi: — Farmasevtika; — Sog'liqni saqlash; — Qurilish va infratuzilma; — Muqobil energiya; — Soliq nizolari; — Ma'muriy tartib-qoidalar.
Huquq sohasida 6 yillik tajribaga ega
Mustaqil maslahatchi
Loyihaning boshqaruv hamkori
Odiljon Buranov
Alisher Madrahimov
Batir Ilhamjanov
Bizning jamoa
Shu yillar davomida iqtisodiy, ma'muriy hamda jinoiy ishlar bo'yicha sudda faoliyat yuritgan. U, asosan, korporativ nizolar, ma'muriy tartib-qoidalar, huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog'liq masalalarda yuridik yordam beradi. Lumen tashkilotiga qadar xorijiy ishlab chiqarish kompaniyasining yuridik bo'limini boshqargan.
Alisher Madrahimov yuridik sohada 20 yillik, iqtisodiy sohada 14 yillik tajribaga ega. "Lumen" loyihasiga qadar u mamlakatning yetakchi farmatsevtika xoldinglaridan birining direktorlar kengashi va yuridik boʻlimiga, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar guruhiga 12 yildan ortiq muddat davomida mustaqil maslahatchi sifatida muvaffaqiyatli maslahatlar bergan.
Alisher Madrahimov, asosan, xorijiy investitsiyalar, shartnomalar, tartibga soluvchi xususiyatga ega tijorat huquqiga ixtisoslashgan yuridik xizmatlarni ko'rsatadi. U muqobil energiyaga oid qator loyihalarda ishtirok etgan, yirik loyihalarda o'z tavsiyalari bilan ishtirok etgan.
Batir Ilhamjanov yuridik sohada 10 yildan ortiq tajribaga ega. Faoliyati davomida xorijiy investitsiya va shartnomalar, tijorat yo'nalishi bog'liq holatlar bo'yicha shug'ullangan. "Lumen"ga qadar u 10 yil davomida xorijiy mamlakatlardagi yetakchi telekommunikatsiya va farmatsevtika holdinglaridan birining direktorlar kengashi va yuridik bo'limida, shuningdek, mamlakatimizdagi ishlab chiqarish kompaniyalari guruhida mustaqil maslahatchi sifatida muvaffaqiyatli ishlab kelgan.